uza uz society uz

user warning: Table './fundngo_uz_site/cache_form' is marked as crashed and last (automatic?) repair failed query: UPDATE cache_form SET data = 'a:21:{s:6:\"choice\";a:3:{s:5:\"#type\";s:6:\"radios\";s:14:\"#default_value\";i:-1;s:8:\"#options\";a:4:{i:0;s:49:\"Отсутствие финансирования\";i:1;s:33:\"Отсутствие кадров\";i:2;s:54:\"Слабые межсекторальные связи\";i:3;s:54:\"Ничего из вышеперечисленного\";}}s:4:\"vote\";a:3:{s:5:\"#type\";s:6:\"submit\";s:6:\"#value\";s:4:\"Vote\";s:7:\"#submit\";a:1:{i:0;s:9:\"poll_vote\";}}s:5:\"#node\";O:8:\"stdClass\":37:{s:3:\"nid\";s:1:\"4\";s:4:\"type\";s:4:\"poll\";s:8:\"language\";s:0:\"\";s:3:\"uid\";s:1:\"1\";s:6:\"status\";s:1:\"1\";s:7:\"created\";s:10:\"1241169373\";s:7:\"changed\";s:10:\"1241468402\";s:7:\"comment\";s:1:\"0\";s:7:\"promote\";s:1:\"1\";s:8:\"moderate\";s:1:\"0\";s:6:\"sticky\";s:1:\"0\";s:4:\"tnid\";s:1:\"0\";s:9:\"translate\";s:1:\"0\";s:3:\"vid\";s:1:\"4\";s:12:\"revision_uid\";s:1:\"1\";s:5:\"title\";s:49:\"Самая большая проблема ННО\";s:4:\"body\";s:0:\"\";s:6:\"teaser\";s:202:\"* Отсутствие финансирования\n* Отсутствие кадров\n* Слабые межсекторальные связи\n* Ничего из вышеперечисленного\n\";s:3:\"log\";s:0:\"\";s:18:\"revision_timestamp\";s:10:\"1241468402\";s:6:\"format\";s:1:\"0\";s:4:\"name\";s:5:\"admin\";s:7:\"picture\";s:0:\"\";s:4:\"data\";s:72:\"a:1:{s:13:\"form_build_id\";s:37:\"form-343eeb892293855859e38a19877acc37\";}\";s:7:\"runtime\";s:1:\"0\";s:6:\"active\";s:1:\"1\";s:6:\"choice\";a:4:{i:0;a:3:{s:6:\"chtext\";s:49:\"Отсутствие финансирования\";s:7:\"chvotes\";s:2:\"86\";s:7:\"chorder\";s:1:\"0\";}i:1;a:3:{s:6:\"chtext\";s:33:\"Отсутствие кадров\";s:7:\"chvotes\";s:2:\"37\";s:7:\"chorder\";s:1:\"1\";}i:2;a:3:{s:6:\"chtext\";s:54:\"Слабые межсекторальные связи\";s:7:\"chvotes\";s:2:\"26\";s:7:\"chorder\";s:1:\"2\";}i:3;a:3:{s:6:\"chtext\";s:54:\"Ничего из вышеперечисленного\";s:7:\"chvotes\";s:2:\"12\";s:7:\"chorder\";s:1:\"3\";}}s:10:\"allowvotes\";b:1;s:4:\"vote\";i:-1;s:22:\"last_comment_timestamp\";s:10:\"1241468402\";s:17:\"last_comment_name\";N;s:13:\"comment_count\";s:1:\"0\";s:8:\"taxonomy\";a:0:{}s:5:\"files\";a:0:{}s:1:\"0\";b:0;s:8:\"readmore\";b:0;s:5:\"links\";a:2:{i:0;a:3:{s:5:\"title\";s:11:\"Older polls\";s:4:\"href\";s:4:\"poll\";s:10:\"attributes\";a:1:{s:5:\"title\";s:36:\"View the list of polls on this site.\";}}i:1;a:3:{s:5:\"title\";s:7:\"Results\";s:4:\"href\";s:14:\"node/4/results\";s:10:\"attributes\";a:1:{s:5:\"title\";s:30:\"View the current poll results.\";}}}}s:6:\"#block\";b:1;s:6:\"#cache\";b:1;s:6:\"#theme\";s:9:\"poll_vote\";s:11:\"#parameters\";a:4:{i:0;s:16:\"poll_view_voting\";i:1;a:3:{s:7:\"storage\";N;s:9:\"submitted\";b:0;s:4:\"post\";a:0:{}}i:2;r:15;i:3;b:1;}s:9:\"#build_id\";s:37:\"form-fa3a216a429531c11d41f5c49a59daa0\";s:5:\"#type\";s:4:\"form\";s:11:\"#programmed\";b:0;s:13:\"form_build_id\";a:4:{s:5:\"#type\";s:6:\"hidden\";s:6:\"#value\";s:37:\"form-fa3a216a429531c11d41f5c49a59daa0\";s:3:\"#id\";s:37:\"form-fa3a216a429531c11d41f5c49a59daa0\";s:5:\"#name\";s:13:\"form_build_id\";}s:7:\"form_id\";a:3:{s:5:\"#type\";s:6:\"hidden\";s:6:\"#value\";s:16:\"poll_view_voting\";s:3:\"#id\";s:21:\"edit-poll-view-voting\";}s:3:\"#id\";s:16:\"poll-view-voting\";s:12:\"#description\";N;s:11:\"#attributes\";a:0:{}s:9:\"#required\";b:0;s:5:\"#tree\";b:0;s:8:\"#parents\";a:0:{}s:7:\"#method\";s:4:\"post\";s:7:\"#action\";s:24:\"/uz/aggregator/sources/9\";s:9:\"#validate\";a:1:{i:0;s:25:\"poll_view_voting_validate\";}}', created = 1337459220, expire = 1337480820, headers = '', serialized = 1 WHERE cid = 'form_form-fa3a216a429531c11d41f5c49a59daa0' in /var/www/vhosts/fundngo.uz/httpdocs/includes/cache.inc on line 109.
Syndicate content
Updated: 2 years 46 weeks ago

Bilimdon talabalar bahsi

Fri, 06/26/2009 - 09:13

Buxoro davlat universitetida Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur bilim dargohida talabalarning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish hamda oqibatlarini bartaraf etish omillari, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish yuzasidan salmoqli ish olib borilayotir.

Buxoro davlat universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti hamda Buxoro tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda bunday ishlar o‘z samarasini berayotgani namoyon bo‘ldi. Davlatimiz rahbari asarini chuqur o‘rganish, iqtisodiyot va biznesning mohiyatini ochib berish, salohiyatli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Tanlovda Buxoro davlat universitetining “Impuls” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir dorasida ushbu jamoalar o‘rtasida “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O‘zbekiston” mavzuida viktorina ham o‘tkazildi. Unda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti vakillari birinchi o‘rinni egalladi.

Categories: Society

Ekologiya va matbuot

Thu, 06/25/2009 - 20:03

Jamiyatimizning turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkorlik bilan yetkazish, demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, bu jarayonda yurtdoshlarimizning faolligini kuchaytirishda ommaviy axborot vositalarining alohida o‘rni bor. Davlat, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining hamkorligi bu yo‘nalishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida tabiatni muhofazalash idoralari va shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan anjumanda shu haqda gap bordi.

O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.Alixonov, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori J.Hakimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jarayonida matbuot erkinligini ta’minlash, jurnalistlar erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Bugungi kunda odamlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofazalashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar berayotgan yuksak samaralarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaga yetkazishda jurnalistlar faol ish olib bormoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar qator yillardan buyon ekologiya sohasida ijod etayotgan jurnalistlar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida ekolog jurnalistlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish, kasb ko‘nikmasini rivojlantirish hamda atrof-muhitni muhofazalashga yo‘naltirilgan tadbirlar jarayonida xalqimizning keng ishtirokini ta’minlash imkoniiyatlarini kengaytirmoqda. Ekojurnalistika tanlovining milliy bosqichida g‘olib bo‘lgan jurnalistlar tanlovning Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasida o‘tayotgan final bosqichida faol ishtirok etib, g‘oliblikka erishayotgani mamlakatimiz ekojurnalistikasining tobora rivojlanayotganidan dalolatdir.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik harakati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Ekologiya mavzusida faol ijod qilayotgan bir guruh jurnalistlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Categories: Society

Ta’lim jarayoni va ommaviy axborot vositalari

Thu, 06/25/2009 - 19:54

Poytaxtimizda ta’lim jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritayotgan jurnalistlar ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ta’lim-tarbiya sohasi, yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar va pedagoglar ishtirok etdi.

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari R.Ahliddinov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar berayotgan yuksak samaralarni xalqimizga yetkazishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalash, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki katta.

Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida yangi-yangi maktablar, kollej va litseylar, oliy o‘quv yurtlari qad rostlamoqda, yuzlab ta’lim maskanlari ta’mirdan chiqarilyapti. Bu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli ishlarni jamoatchilikka jurnalistik mahorat va ijodkorlik bilan yetkazish, yoshlarda daxldorlik to‘yg‘usini tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardandir.

Tadbirda ta’lim tizimidagi yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning joriy etilishini matbuot sahifalari, televideniye va radio efir to‘lqinlari orqali tezkor yoritishda jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh jurnalistlarga sovg‘alar topshirildi.

Categories: Society

Tarixiy obidalar – o‘tmish ko‘zgusi

Thu, 06/25/2009 - 19:48

Termiz arxeologiya muzeyida Sherobod tumanidagi Zarautsoy yodgorligini ilmiy jihatdan o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi hamda «Zarautsoy» jamoatchilik markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi xodimlari, Termiz davlat universiteti olimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Termiz arxeologiya muzeyi rahbari Ismoil Botirov, «Zarautsoy» jamoatchilik markazi direktori Abdulla Xolmirzayev, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi rahbari Nurali Bekmurodov, rassom Tursunpo‘lat O‘roqov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ajdodlarimizning boy tarixiy merosi va milliy urf-odatlarimizni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Mustaqillik yillarida turli davrlarga oid tarixiy yodgorliklarni asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tosh asriga oid Zarautsoy yodgorligi rangtasvir san’at asarlarining eng qadimiy namunalaridan biri sanaladi. Tarixi ming yillar bilan o‘lchanadigan Zarautsoy qoya tasvirlari ajdodlarimizning noyob san’at asari sifatida dunyo jamoatchiligida qatta qiziqish uyg‘otmoqda. Qoyatoshlarda aks ettirilgan turli manzaralar betakrorligi bilan mutaxassislar e’tiborini jalb etib keladi. Zarautsoy tarixiy yodgorligini o‘rganish, qayta tiklash yuzasidan Termiz arxeologiya muzeyi va «Zarautsoy» jamoatchilik markazi hamkorligida olib borilayotgan ishlar e’tiborga molik.

– Muzeyimizdagi Zarautsoy yodgorligiga bag‘ishlangan bo‘lim doim yoshlar bilan gavjum, – deydi Termiz arxeologiya muzeyi rahbari Ismoil Botirov. – Mazkur yodgorlik yigit-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularning badiiy-estetik didini yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan qadrlidir. Ayni paytda Zarautsoy qoyatosh bitiklarini konservatsiya qilib, milliy madaniy obida sifatida saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda.

Anjumanda Zarautsoyning huquqiy maqomini alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga o‘zgartirish, bu yerdagi nodir rangtasvir asarlarini saqlab qolish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Categories: Society

Tibbiy xizmat sifati yaxshilanmoqda

Thu, 06/25/2009 - 19:17

Qashqadaryo viloyatida «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, tog‘li va chekka qishloq joylarda bu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat aholisining 75 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Binobarin, qishloqlardagi tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Qishloq vrachlik punktlarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, shuningdek, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish borasida Jahon va Osiyo taraqqiyot bankining «Salomatlik-2» loyihasi asosida qator ishlar olib borilmoqda. Barcha qishloq vrachlik punktlarida fizioterapiya, funksional diagnostika, EKG, ginekologiya, stomatologiya xonalari mavjud bo‘lib, bolalarni emlash va laboratoriya tahlili uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan.

– Qishloq vrachlik punktlari EKG apparatlari, qondagi gemoglobin, qand miqdorini, jigar va o‘t pufagi kasalliklarini klinik va bioximik tahlil qiluvchi fotokaloromer, ko‘z, quloq, burun, tomoq kasalliklarini aniqlaydigan otoskop, oftalmoskop kabi tibbiy asboblar, dori-darmonlar uchun toza suv va dezinfeksiya suyuqliklari tayyorlovchi uskunalarga ega, – deydi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining loyihalarni amalga oshirish byurosi direktori Chori Haqberdiyev. – Qishloq tibbiyot muassasalariga ushbu uskunalar bilan ishlay oladigan, bilimli xodimlar jalb etildi.

Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida viloyatdagi qishloq vrachlik punktlari soni 257 taga yetkazildi. Shundan 21 tasi tog‘li Kitob tumanida joylashgan bo‘lib, ularda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

– Muassasamiz zamonaviy loyiha asosida qurilgan, – deydi Kitob tumanidagi Qorabuloq qishloq vrachlik punkti mudiri Ibrohim Rustamov. – 2007-2008 yillarda «Salomatlik-2» loyihasi doirasida zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi. Bu yerda qand, virusli gepatit kasalliklarini, qon va siydik tarkibidagi gemoglobin, oqsil miqdorini aniqlash imkoni yaratildi. Bosh va oyoq bo‘g‘inlari uchun fizioterapiya muolajalari ham o‘tkazilmoqda. Ixcham va zamonaviy elektrokardiogramma apparati yordamida yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning uyiga borib xizmat ko‘rsatilayotir. Muassasamizda kattalar va bolalar uchun kunduzgi statsionar ishlab turibdi.

– Qon bosimim oshib, tez-tez tuman markazidagi shifoxonaga borishimga to‘g‘ri kelar edi, – deydi Qorabuloq qishlog‘ida yashovchi Xursand Turdiyeva. – Qishlog‘imizda barcha qulayliklarga ega vrachlik punkti ishga tushirilgach, uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson bo‘ldi. Bu yerda davolash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Tez-tez kelib, davolanib ketaman. Shifokorlar ham malakali. Hozir sog‘ligim ancha tiklandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, viloyatdagi qishloq vrachlik punktlarida zamonaviy jihoz va apparaturalardan samarali foydalanish natijasida markaziy shifoxonalarga yuborilayotgan bemorlar soni sezilarli kamaymoqda. Bundan tashqari, mazkur tibbiyot muassasalarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlariga jiddiy yondashilmoqda. Bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish alohida nazoratga olinmoqda.

Sog‘lom avlod tug‘ilishi va voyaga yetishidan oila ham, jamiyat ham manfaatdor. Qishloqlarda tibbiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularda shahardagidan kam bo‘lmagan sharoitlarni yaratish, tibbiyot xodimlarining malakasi va mas’uliyatini oshirishdan ko‘zda tutilgan maqsad ham shundan iborat.

Categories: Society

Bebaho vaksina

Thu, 06/25/2009 - 19:11

“Kuyov tomon shoshirgani uchun to‘yimiz tezlashib ketdi. Nikohimizni rasmiy qayd ettirishni keyinga qoldirib, tibbiy ko‘rikdan ham o‘tmadik. Bir necha oydan so‘ng sog‘ligim yomonlashgani tufayli shifokorga bordim. Tekshiruvlar natijasidan dahshatga tushdim: menda OIV alomatlari hamda homiladorlik aniqlandi. Ming bir xavotirda, ishonib-ishonmay ko‘zim yoridi. Odatda chaqolaq tug‘ilsa, ota-ona baxtdan entikadi. Bizning esa ko‘zimizga dunyo qorong‘u bo‘lib ketdi. Chunki qizalog‘im ham xasta edi. Turmush o‘rtog‘imning aybi, o‘zimning e’tiborsizligim sabab umrimiz xazon, oilamiz barbod bo‘lmoqda…”

Bu OITS xastaligidan azob chekayotgan Sanobarning so‘zlari.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi (YUNEYDS) ma’lumotiga ko‘ra, 1981 yilda aniqlangan ushbu kasallik shu kunga qadar 25 milliondan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan va hozirgacha bu xastalikka davo ham, undan himoya qiluvchi vaksina ham topilgani yo‘q.

Yurtimizda bu bedavo dardning oldini olish, tashxis qo‘yish va kasallikka chalinganlarni davolash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2008 yil 26 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu illatlarga qarshi kurashda muhim omil bo‘lmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, OIV/OITS nafaqat tibbiy, balki ma’naviy-axloqiy kasallikdir. Zararlangan donorlik qonidan hamda onadan homilaga o‘tish kabi holatlarni mustasno qilganda, ko‘p hollarda ushbu xastalikka yo‘liqishga odamning o‘zi sababchi bo‘ladi. Maishiy buzuqlik, axloqsizlik, giyohvandlik OIV/OITS kasalligini keltirib chiqaruvchi eng asosiy sabablardandir. Taassufki, ayrim yurtdoshlarimizning ana shunday nopok yo‘llarda yurib, ushbu xastalikni yuqtirayotgan va oilasini barbod qilayotgan holatlar uchramoqda.

Azaldan pokizalikni, orastalikni, yuksak ma’naviyatni qadrlaydigan xalqimiz bunday illatlardan hazar qilib kelgan. Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda mahallaning roli va ta’siri muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki qadimdan mahallalarimiz milliy qadriyatlar maskani bo‘lib, odamlar qalbiga ezgulikni singdirib, sog‘lom muhit yaratish maktabi sifatida shakllangan. Xalqimizda “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmat bejiz aytilmagan.

O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, bir-birining holidan xabar olish, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, avvalo, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Shu bois yurtimizda OIV/OITS kabi bedavo dardning oldini olish borasida qabul qilingan dasturda mahallaga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ayni vaqtda mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida respublika “Mahalla” jamg‘armasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilayotir.

– Hozir OIV infeksiyasi, undan saqlanish choralari haqida adabiyot va qo‘llanmalar kam emas, – deydi “Mahalla” jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Gulnora Yo‘lchiyeva. – Biroq, bunday illatlarning oldini olishda, oqibatlarini tushuntirishda keksa avlod vakillari tajribasidan foydalanish yaxshi samara beradi. Kattalar ibrati, donolar o‘giti yoshlarning milliy mentalitetimizga yot illatlardan, “ommaviy madaniyat” ta’siridan saqlanishida juda asqotadi. Biz hozir farzandlar sog‘ligini asrash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, oila va nikoh munosabatlarining qonuniyligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib boryapmiz. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, OIV/OITS tarqalishining oldini olishga oid buklet va plakatlar tarqatilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida Andijon, Samarqand, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida seminarlar o‘tkazilib, ularga qariyb 70 ming nafar kishi jalb etildi.

Mahallalarda o‘tkazilayotgan “Ayol va salomatlik”, “Reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish”, ”Tibbiy ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari”, “Milliy urf-odat va qadriyatlar”, “OITSning ayanchli oqibatlari”, “Gigiyena – tozalik va sog‘lik garovi” mavzusidagi seminarlar aholining tibbiy madaniyatini shakllantirish va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qashqadaryo viloyatining Kitob, Koson, Mirishkor, Toshkent shahrining Chilonzor, Sobir Rahimov, Shayxontohur tumanlari mahallalarida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlarda ishtirokchilar reproduktiv salomatlik, yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish borasida ko‘plab savollariga javob oldi.

Hech kimga sir emas, yurtdoshlarimiz orasida daromad topish ilinjida xorijga borayotganlar ham uchrab turibdi. Afsuski, ular qaytib kelgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tishni lozim ko‘rmaydi. Bu esa oilasiga qanchalik xavf solayotganini bilmaydi. Biz joylarda bo‘lib, bunday fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishining ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boryapmiz.

Albatta, tushuntirishning turli yo‘llari mavjud. Ular orasida yuqorida ta’kidlangan illatlarning ayanchli oqibatlarini filmlarda aks ettirish targ‘ibot-tashviqot ishlarining yanada samaradorligini ta’minlaydi. Shu maqsadda Respublika OITSga qarshi kurash markazi tomonidan tayyorlangan “OIV infeksiyasi va boshqa kasalliklar tarqalishi hamda yuqish xavfi” mavzusidagi videofilm disklari ko‘paytirilib, keng tarqatilmoqda.

Ko‘rilayotgan bunday chora-tadbirlar va tashviqot ishlari o‘z samaralarini bermoqda. Ota-onalar farzandlarini, qaynonalar kelinlarini mahallada o‘tkazilayotgan davra suhbatlariga boshlab kelmoqda. Ular o‘zlari ishtirok etgan tadbirlardan katta taassurot olganlarini, bundan keyin sog‘ligiga doimo e’tibor qaratishini, gigiyena qoidalariga rioya qilishini hamda tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tishga qaror qilganini aytmoqda.

OIV/OITS kasalligi turli yo‘llar bilan yuqadi. Biroq, ular zamirida asosan axloqsizlik, ma’naviyatsizlik yotadi. Eng achinarlisi, ushbu illatlar insoniyat kelajagiga xavf solib, begunoh go‘daklar o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Unga qarshi sog‘lom turmush tarzi va pokizalik bilan kurashish kerakligini har bir inson anglab yetmog‘i lozim. Zero, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati har qanday axloqsizlik, buzuqlik va ularning natijasida kelib chiqadigan yuqumli kasalliklarni tag-tomiri bilan yo‘q qiladigan bebaho vaksinadir.

Categories: Society

Har bir o‘g‘il-qiz e’tiborda

Thu, 06/25/2009 - 18:50

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Nur” bolalar dam olish oromgohida Mehribonlik uylarida yozgi ta’til va sog‘lomlashtirishni tashkil etishga bag‘ishlangan respublika amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va “Sen Yolg’iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yurtimizdagi Mehribonlik uylari rahbarlari, pedagog-murabbiylar, tarbiyachilar ishtirok etdi.

Ta’lim sohasidagi islohotlarda o‘quvchilarning maktabdan bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va samarali tashkil etish ularni ham jismonan, ham ma’nan chiniqtirishda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarni yozgi oromgohlarda dam oldirish mavsumini yuqori darajada tashkil etishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar farzandlarimiz salomatligini muhofazalash hamda bilimini oshirish, tafakkurini kengaytirishdek ezgu ishlar bilan hamohang tarzda olib borilayotgani yozgi ta’tilning yanada samarali bo‘lishini ta’minlamoqda.

An’anaga ko‘ra, bu yilgi mavsumga ham respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan yigirma sakkizta Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari jalb etilgan.

– Mehribonlik uyimizda uch yoshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyalanadi, – deydi Xiva shahridagi 20-Mehribonlik uyi direktori, O‘zbekiston Qahramoni Vera Pak. – Mehribonlik uyimizda o‘g‘il-qizlarning puxta va mukammal ta’lim-tarbiya olishi, o‘z qiziqishi va salohiyati bo‘yicha kasb-hunarga yo‘naltirilishi barobarida yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishi, turli badiiy ijodiyot to‘garaklarida qatnashib iqtidorini namoyon etishi hamda salomatligini mustahkamlashi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. O‘g‘il-qizlarimiz yozgi mavsumda Mehribonlik uyi qoshida tashkil etilgan oromgoh hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Parkent tumanlaridagi so‘lim dam olish maskanlarida hordiq chiqarmoqda.

Ikki kun davom etgan seminarda yozgi dam olish mavsumida Mehribonlik uylarida olib boriladigan sog‘lomlashtirish ishlarining muhim jihatlari, bolalar tarbiyasidagi o‘rni, alohida e’tiborga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoyalash, oromgohlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Categories: Society

Aholi bandligi – doimiy e’tiborda

Thu, 06/25/2009 - 18:43

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, xususan aholining bandlik darajasini oshirish borasida Samarqand viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan beri qariyb 30 ming 650 yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ularning asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi obyektlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, kasanachilikni rivojlantirish, iqtisodiy inqirozga qarshi qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida tashkil etildi. Qishloq joylarida parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik tarmoqlarining rivojlanishi ham qo‘shimcha ish o‘rinlari ochish imkonini berdi.

- Joriy yilda shahar va tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali 24 ming nafardan ziyod fuqaro ishga joylashtirildi, – deydi viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshkarmasi boshlig‘i Faxriddin Fazliyev. – Shuningdek, 282 kishi kasb-hunarga o‘qitildi, 1130 nafar talabgor haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Prezidentimizning 2006 yil 5 yanvarda qabul qilingan «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu yo‘nalishda yil boshidan buyon belgilangan dastur asosida 340 dan ortiq korxonada 2638 kasanachilik ish o‘rni yaratildi. Urgut, Qo‘shrabot, Nurobod tumanlari va Samarqand shahrida hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarida band bo‘lgan yurtdoshlarimiz “Hunarmand” uyushmasining hududiy bo‘limlariga jalb qilindi.

Ayni vaqtda ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnat bozorida raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholi vakillari uchun bu yil 12 ming 300 dan ortiq kvotalangan ish o‘rni yaratilib, o‘tgan vaqt mobaynida 5 ming 112 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Dastur talablari asosida joriy yilda viloyatning olis qishloqlarida, kasb-hunar kollejlarida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimligi hamda hamkor tashkilotlar ko‘magida yil boshidan buyon 64 marta shunday tadbirlar tashkil etilib, korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 33,4 mingdan ortiq bo‘sh, kvotalangan hamda kasanachilik asosidagi ish o‘rinlari taklif etildi. Yarmarkalarda 16,2 mingdan ortiq fuqaro, asosan yoshlar ish joyiga ega bo‘ldi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, fuqarolarning chet mamlakatlarga ishlash uchun norasmiy chiqib ketishining oldini olish, ularning odam savdosi qurboniga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida boshqarma tomonidan harakat dasturi ishlab chiqilib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilayotir. Har bir tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish markazlarida ishonch telefonlari ishlab turibdi.

Categories: Society

Yangi tibbiy-ijtimoiy markaz taqdimoti

Thu, 06/25/2009 - 18:06

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoga kelayotgan har uch go‘dakdan biri kamqonlik xastaligidan aziyat chekmoqda. Har yili qariyb yarim million ayol temir moddasi tanqisligi tufayli kelib chiqadigan xastaliklar natijasida tug‘ruq jarayonida hayotdan ko‘z yumadi. Ushbu dolzarb muammolarning oldini olish BMT tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan Mingyillik rivojlanish maqsadlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tibbiy-ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar jarayonida inson salomatligini asrab-avaylash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘lami va sifatini yanada oshirish, onalik va bolalikni muhofazalashga alohida e’tibor qaratilayotir.

Bu yo‘nalishda jahondagi nufuzli moliya muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qator loyihalar yuksak samaralar bermoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini foydali mikroelementlar bilan boyitish, chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish, bolalarni va tug‘ruq yoshidagi ayollarni vitaminlar, shifobaxsh preparatlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar shular jumlasidandir.

Bunday chora-tadbirlar aholi, ayniqsa, onalar va bolalar o‘rtasida temir moddasi tanqisligi va yod yetishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan xastaliklarning oldini olish, oilada sog‘lom farzand tug‘ilishi va kamolga yetishini ta’minlash, millatimizning genofondini mustahkamlash, inson umrini yanada uzaytirishga xizmat qilayotir. Aholining ovqatlanish darajasini yanada yaxshilashga doir milliy strategiya bunda muhim o‘rin tutadi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzurida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha markaz ochildi. Shu munosabat bilan davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimizdagi ilm-fan va oliy ta’lim muassasalari olimlari va mutaxassislari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Komilov, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Sharif va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar xalq salomatligini asrash, turmush farovonligini yanada oshirishda yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladilar. Bu borada amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar, mamlakatimiz tibbiyot ilmi yutuqlarini va jahon tibbiyotining ilg‘or tajribalarini amalga tatbiq etish inson manfaatlarini muhofazalash, xususan, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Aholining ovqatlanishini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan milliy strategiya bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilishi aholi, xususan, onalar va bolalar o‘rtasida kamqonlik xastaligini keskin kamaytirish, yod yetishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish, aholining tibbiy savodxonligini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘ladi.

Bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish va bu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etish mazkur strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti bazasida ochilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilayotgan tug‘ilish mezonlarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha ish olib boradigan yangi markaz yurtimiz tibbiyotining ushbu yo‘nalishdagi salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tadbirda unni boyitish, tuzni yodlash, onalar va bolalar o‘rtasida temir va boshqa foydali moddalar, mikroelementlar tanqisligi tufayli kelib chiqadigan xastaliklarning oldini olish bo‘yicha bajarilayotgan loyihalar samarasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Categories: Society

Kollejning yangi binosi

Thu, 06/25/2009 - 16:06

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan navqiron avlodning zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya olishi, puxta bilim, sog‘lom tafakkurga ega bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Yurtimizning barcha hududlarida yangi ta’lim maskanlari barpo etilib, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, o‘quv-laboratoriya va kompyuter uskunalari bilan jihozlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Poytaxtimizdagi Sergeli tibbiyot kolleji ham zamonaviy talablar asosida kapital ta’mirlanib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Kollejning ta’mirdan chiqarilgan yangi binosi ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni bilimli va teran tafakkurli shaxslar etib tarbiyalashga qaratilayotgan bunday e’tibor o‘zining yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi.

Zamonaviy me’morchilik talablari asosida kapital ta’mirdan chiqarilgan mazkur kollej 1200 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Kompyuter, lingafon, fizika, kimyo xonalari, axborot-resurs markazi, yangi sport zali bo‘lajak tibbiyot xodimlari uchun xizmat qiladi.

Categories: Society